Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada rossiyalik nemisni qog‘ozbo‘ron qilishdi

Germaniyada rossiyalik nemisni qog‘ozbo‘ron qilishdi

Foto: «Twitter»

Kecha, 16-noyabr kuni Leypsig shahrida bo‘lib o‘tgan Germaniya — Rossiya o‘rtoqlik o‘yinida burchak to‘pini tepishga kelgan mehmonlar futbolchisi Konstantin Raushga mahalliy muxlislar g‘ijimlangan qog‘oz bo‘laklarini uloqtirishdi.

Raushga bu munosabat uning futboldagi taqdiri bilan bog‘liq. O‘zi Rossiyaning Tomsk shahrida tug‘ilgan, olti yoshida ota-onasi bilan Germaniyaga ko‘chib o‘tib, futboldagi faoliyati shu yerda boshlangan. Raush 2005-yili Germaniya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan, tengqurlari orasida eng iqtidorli futbolchilardan sanalgan.

Ammo Raush «katta futbol»ni millatdoshlari uchun emas, tug‘ilib o‘sgan vatani — Rossiya uchun o‘ynashga ahd qildi, 2015-yili Rossiya pasportini, 2017-yili Rossiya terma jamoasi futbolkasini qo‘lga kiritdi.

Raush hatto klubdagi faoliyatini ham «sharq»qa ko‘chirdi, 2018-yili bundesligadan Rossiya chempionatiga o‘tdi, biroq jahon chempionati uchun Cherchesov tuzgan tor ro‘yxatga «sig‘may qoldi».

Germaniya — Rossiya o‘yiniga qaytadigan bo‘lsak, uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring