Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futzal. Ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida ham O‘zbekiston Liviyani mag‘lub etdi

Futzal. Ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida ham O‘zbekiston Liviyani mag‘lub etdi

Foto: Championat.asia

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Liviyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Bu safar yanada ko‘proq gollar urildi: Xose Venansio Lopes boshchiligidagi futzalchilarimiz 5:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ikki kun oldin o‘tkazilgan birinchi o‘rtoqlik o‘yini 3:1 hisobida o‘zbekistonliklar foydasiga yakunlangan edi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 22-mart

O‘zbekiston — Liviya 5:2

Gollar: Husniddin Nishonov 8, Muzaffar Ahmadjonov 18, 21, Elbek To‘lqinov 24, 38 — Muhammad Said 33, Ali Shoshan 37.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston futzal jamoasi bu yil Tailandda o‘tadigan Osiyo chempionati va kuzda mamlakatimiz mezbonligidagi jahon chempionatida qatnashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring