Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futbol maydonlariga ajratilgan pullar qaysi amaldorning cho‘ntagiga ketyapti?

Futbol maydonlariga ajratilgan pullar qaysi amaldorning cho‘ntagiga ketyapti?

Foto: «livejournal.com»

Mahallalarda nega futbol maydonlari yo‘q? Bolalar yozgi ta’tilda haligacha ko‘cha changitib to‘p o‘ynab yurishibdi.

Buning sababi ayonlashganday: Mahalla kengashi raisi Shavkat Javlonov kengashning 6 oylik hisobotida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-avgustdagi 688-qarori bilan tasdiqlangan «Har bir mahallada futbol maydoni» dasturi ijrosi «dam yeb» yotganini bildirgan.

«Natijada, 2018-2019-yillar davomida 1 349 ta futbol maydoni qurilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda 131 tasi (9,7%) qurilgan, 102 tasida (7,6%) qurilish ishlari davom etmoqda, 1 116 tasi (82,7%) qurilmagan», degan Javlonov.

Xususan, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryoda 2 foiz, Andijonda 4 foiz, Farg‘onada 6 foiz, Navoiyda 7 foiz, Toshkent viloyatida 11 foiz, Xorazmda 14 foiz, Sirdaryoda 14 foiz, Qashqadaryoda 14 foiz, Buxoroda 16 foiz, Toshkent shahrida 25 foiz, Jizzaxda 27 foiz, Samarqandda 29 foiz bajarilgan xolos. Bu bajarilgani! Bajarilmagani qanchani tasavvur qilyapsizmi? 82,7 foiz-a!?

Tabiiyki, dastur bo‘yicha ajratilgan pullar qayerga ketayotganini kengashi raisi ochiqlamagan. Nega bunday e’tiborsizlik, nazoratsizlik yuzaga kelgani ham ayonmas. Qiziq, bu pullar qaysi amaldorning cho‘ntagini qappaytirayotgan bo‘lsa?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring