«Formula-1» pit-stopida jahon rekordi o‘rnatildi
«Red Bull» jamoasi mexaniklari «Formula-1»ning Silverstoun (Buyuk Britaniya)dagi Gran-prisida pit-stopda eng kam turish bo‘yicha jahon rekordini yangilashdi.
O‘n kishilik jamoa Per Gasli boshqaruvidagi bolidning g‘ildiraklarini atigi 1,91 soniyada almashtirib berdi.
Ikkinchi o‘rinni ham «qizil buqa»lar qo‘lga kiritdi — Maks Ferstappenning bolidiga atigi 1,96 soniya vaqt sarflandi.
Oldingi rekordni «Williams» jamoasi 2016-yili Boku Gran-prisida amalga oshirgandi — 1,92 soniya. Ammo mexaniklarning o‘zlari Felipe Massaga xizmat ko‘rsatishga 1,89 soniya ketganini aytishgan.
Darvoqe, Buyuk Britaniya Gran-prisini mezbon — Lyuis Hemilton yutib oldi. Mexaniklarning tezkorligi Per Gasli va Maks Ferstappenga uncha asqotmadi — to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter