Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga ikki o‘yin — Hindiston va Urugvayga qarshi. Qay biri jonli efirda ketadi va kim sharhlaydi?

Ertaga ikki o‘yin — Hindiston va Urugvayga qarshi. Qay biri jonli efirda ketadi va kim sharhlaydi?

Ertaga o‘zbek futboli uchun jiddiy kun. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo chempionati saralashi doirasida Toshkentda Hindistonga qarshi maydonga tushsa, O‘zbekiston milliy jamoasi Xitoyda o‘tayotgan xalqaro musobaqada Urugvay bilan kuch sinashishi lozim. Ushbu uchrashuvlar «Sport TV» orqali qay tariqa yoritib boriladi?

E’tiborli jihati, har ikki bahs deyarli bir vaqtda boshlanadi. Xitoyda bo‘ladigan O‘zbekiston MTJ — Urugvay MTJ bahsi Toshkent vaqti bilan 16:45da boshlanadi. «Paxtakor» stadionidagi O‘zbekiston OTJ — Hindiston OTJ bahsi esa Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. Rejaga ko‘ra O‘zbekiston — Hindiston bahsi «Sport TV» orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinadi.

Xitoyda o‘tadigan O‘zbekiston — Urugvay o‘yinini yoritish borasida esa ancha muzokara olib borildi va telekanal rahbariyati ijobiy natijaga erishdi. Ammo har ikki o‘yin bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolgani uchun o‘rtoqlik o‘yini maqomida bo‘lgan Urugvayga qarshi bahs yozib olingan holda namoyish etiladi.

O‘zbekiston OTJ — Hindiston OTJ bahsini Murod Rizayev sharhlab boradi. O‘zbekiston MTJ — Urugvay MTJ bahsi esa taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov zimmasiga yuklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring