Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elmurat Tasmurodov JCh finalida mag‘lub bo‘ldi

Elmurat Tasmurodov JCh finalida mag‘lub bo‘ldi

Foto: «olympic.uz»

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Yunon-rum kurashi bo‘yicha -63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Elmurat Tasmurodov finalga chiqqani xabar qilingandi.

Elmurat musobaqa davomida Belarus, Xitoy, Moldova va Ukraina vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa rossiyalik Stepan Maryanyanga qarshi gilamga chiqib, 6-3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu Vengriyadagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchun ikkinchi medal hisoblanadi. Bungacha erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov ushbu jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, Elmurat Tasmuradov bungacha ikki marotaba jahon chempionatlarining bronza medallariga ega chiqqan. Rio Olimpiadasi sovrindori uchun bu jahon chempionatlaridagi uchinchi medal bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring