Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eldor Shomurodovning jamoasi «Yuventus»ga mag‘lub bo‘ldi

Eldor Shomurodovning jamoasi «Yuventus»ga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 8-turida «Yuventus» va «Roma» jamoalari bahs olib borishdi.

«Roma» ustozi Joze Mourino bu safar ham Eldorni zaxirada olib qoldi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida turinliklar hisobni ochdi. Birinchi oxirida rimliklar futbolchisi Jordan Veretu penaltidan foydalana olmadi.

Eldor Shomurodov uchrashuvning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi, ammo o‘yinda burilish yasay olmadi.

«Yuventus» — «Roma» 1:0

Gol: 1:0 – 16 Kin.

«Yuventus»: Shchensni, Danilo, Kellini, Bonuchchi, De Shilo, Aleks Sandro, Kuadrado, Lokatelli, Bentankur, Kin (Morata, 71), Keza (Kulusevski, 71), Bernardeski (Artur, 76).

«Roma»: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Shomurodov, 81), Kristante, Pellegrini, Zaniolo (ash-Shaaravi, 26), Abraham.

Ogohlantirishlar: Shchensni (41), Abraham (45), De Shilo (49), ash-Shaaravi (70), Shomurodov (85), Danilo (87), Manchini (89), Karsdorp (90+3).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring