Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diyor Imomxo‘jayev PFL bosh direktori etib tasdiqlandi

Diyor Imomxo‘jayev PFL bosh direktori etib tasdiqlandi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasining yangi saylangan tarkibdagi ilk yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘FA prezidenti kiritgan taqdimnomaga asosan Diyor Imomxo‘jayev nomzodi tashkilot bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Sobiq futbol sharhlovchisi 2020 yilning 25 mayidan beri O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Endilikda Diyor Imomxo‘jayev 4 yil muddatga O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritadi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga tasdiqlanib, O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring