Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat Bobonov jahon chempionatiga bora olmaydi

Davlat Bobonov jahon chempionatiga bora olmaydi

Qatar mezbonligida o‘tkaziladigan hisob bo‘yicha 36-Jahon chempionati startiga tobora oz fursat qolmoqda.

Bir necha kun avval O‘zbekiston terma jamoasining Dohaga yo‘l oladigan tarkibi e’lon qilingan edi. Afsuski, terma jamoamiz yetakchilaridan biri, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonovning Qatarga bormasligi rasman oydinlashdi.

Bunga dzyudochimizning jarohati sabab bo‘lmoqda. Bobonov kuni kecha Moskvada malakali shifokorlar ko‘rigida bo‘lib qaytdi. Tashxis — umurtqa churrasi (grija).

Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra dzyudochimiz jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. U Toshkentda shifokor nazoratida muolajalarni davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring