Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Argentinaga qarshi o‘yin! Ravshan Haydarov qanday fikrda?

Bugun Argentinaga qarshi o‘yin! Ravshan Haydarov qanday fikrda?

Bugun tunda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib boradi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionati oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Tayyorgarlik haqida:

Osiyo chempionatidan keyin yaxshi yig‘inlar o‘tkazishga erishdik. Xususan, Ispaniyadagi yig‘inda Braziliya, Dominikan Respublikasi va Gibraltarga qarshi uchrashuvlar o‘tkazdik. Keyinchalik reja asosida jismoniy tayyorgarlik, taktik ishlanmalar bo‘yicha ish olib bordik.

JCh tashkilotchiligi haqida:

Tashkilotchilik haqida ijobiy fikrdaman. Biz turgan shaharcha biroz kichikroq, lekin eng asosiysi maydonlarning holati yaxshi.

Tarkib haqida:

Turdimurodovni yangi deb bo‘lmaydi, u ko‘plab yig‘inlarimizda ishtirok etgan. Ayni paytda u o‘zining yaxshi formasida. Hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida uni jalb etganmiz. Avvalgi yig‘inlarda barcha futbolchilarga imkoniyat berildi, kim o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘shani tarkibga kiritdik.

Argentina haqida:

Argentina bilan o‘tgan yili ham o‘ynaganmiz. Ularni so‘nggi o‘yinlarini tahlil qildik, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik va shunga yarasha tayyorgarlik olib bormoqdamiz.

Kuchli raqib, nom yuzasidan hech qanday bosim yo‘q. Chunki biz nafaqat Argentina, balki Urugvay, Braziliya ham bilan o‘ynab, yetarlicha tajriba to‘pladik. Shu o‘rinda tayyorgarlik jarayonida kuchli raqiblar bilan o‘yinlar tashkil etgani uchun rahbariyatga va xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassislariga minnatdorchilik bildiraman.

Jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad haqida:

Avval ham Jahon chempionatlarida ishtirok etganmiz. Shu sababli oldimizga oliy maqsadni qo‘yganmiz, qolaversa, avvalgi ishtiroklarimizdagi natijalarimizni yaxshilashni ham maqsad qilganmiz. Bolalarning ishtiyoqi baland, ularda o‘zlariga nisbatan ishonch bor. O‘ylaymanki, Jahon chempionatiga tayyormiz.

Biz hozir olisdamiz, shu sababli muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezamiz. Xalqimiz oynayi jahon orqali bizni ko‘rib turganini albatta his qilamiz, ularning duolari biz uchun muhim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring