Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschilarimiz kechagi barcha janglarda g‘alaba qozondi

Bokschilarimiz kechagi barcha janglarda g‘alaba qozondi

Foto: Milliya Olimpiya qo‘mitasi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Kecha uch nafar vakilimiz saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan janglarni o‘tkazishdi.

Dastlab -57 kilogramm vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov kunni g‘alaba bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng Dilshod Ro‘zmetov -81 kg vaznda kongolik Pita Kabejini, Sanjar Tursunov esa braziliyalik Abner Teysherani musobaqadan chiqarib yubordi.

-57 kg: Miraziz Mirzahalilov – Duglas de Andrade (Braziliya) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Pita Kabeji Peter (Kongo) 5:0
-91 kg: Sanjar Tursunov – Abner Teysheyra (Braziliya) 5:0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring