Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bokschilarimiz finalni «yondirishdi»

Bokschilarimiz finalni «yondirishdi»

Tailandda boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Bugun finalda jang qilgan 10 nafar yigitimizdan 9 tasi g‘alaba qozonib, chempionatga chiroyi yakun yasab berishdi.

Yakunda 9 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Shubhasiz, bu umumjamoa hisobidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

-60 kg: Dilshod Abdumurodov

-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev

-67 kg: Bekzod Hamidov

-71 kg: Nurislom Ismoilov

-75 kg: A’loxon Abdullayev

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

-86 kg: Shohjahon Abdullayev

-92 kg: Nusrat Tohirov

+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush medal:

-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev

Bronza medal:

-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov

Eslatib o‘tamiz, kecha qizlar terma jamoamiz musobaqada 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring