Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boks. JChda ilk yo‘qotish, Elnur mag‘lub bo‘ldi. Bugun yana 3 ta jang bo‘ladi

Boks. JChda ilk yo‘qotish, Elnur mag‘lub bo‘ldi. Bugun yana 3 ta jang bo‘ladi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi XX jahon chempionatida kecha uch nafar sportchimiz ringga ko‘tarildi.

Shahobiddin Zoirov boshlagan g‘alabali yurishni -75 kg vazn toifasidagi bokschimiz Fanat Qahramonov ham muvaffaqiyatli davom ettirdi. U jahon chempionatining 1/16 final bosqichida avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi ringga chiqdi va qiyin kechgan bahsni 5:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Shu tariqa Qahramonov ham nimchorak finalga yo‘l oldi.

Afsuski -63 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Elnur Abduraimov ushbu bosqichdayoq jahon chempionati bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Musobaqadagi ikkinchi jangini amerikalik Devis Keyshovnga qarshi o‘tkazgan Abduraimov raqibining qarshiligini yenga olmadi.

Shunday qilib endi jahon chempionatida yetti nafar bokschimiz o‘z yurishini davom ettiradi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichi doirasida yana 3 nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi.

Dilshodbek Ro‘zmetov ikkinchi jangida Kongo vakili Pita Peter bilan hisob-kitob qilsa, Miraziz Mirzahalilov hamda Sanjar Tursunov o‘zining musobaqadagi dastlabki jangini braziliyalik raqiblariga qarshi o‘tkazishadi. Batafsil:

-57 kg: Miraziz Mirzahalilov – Duglas de Andrade (Braziliya) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 16:00)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Pita Kabeji Peter (Kongo) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 20:00)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Abner Teysheyra (Braziliya) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 21:50)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring