Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» «El-klasiko»da «Cactus Jack» logotipi tushirilgan mahsus futbolkada harakatlanadi

«Barselona» «El-klasiko»da «Cactus Jack» logotipi tushirilgan mahsus futbolkada harakatlanadi

«Barselona» futbolchilari Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan «Real Madrid»ga qarshi markaziy o‘yinda Amerika rep ijodkori Trevis Skottning shaxsiy brendi – «Cactus Jack» logotipi aks etgan maxsus futbolkada maydonga tushishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, «Barselona» ayollar jamoasi ham Liga Femenina(ayollar ligasi) 30-turi doirasida ana shu brend logotipi tushirilgan formada o‘yinda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Kataloniyalik klub so‘nggi yillarda «Spotify» bilan hamkorlikda bir qator mashhur san’atkorlar: «Coldplay», «Karol G», «The Rolling Stones», «Rosalía va «Drake» logotiplari tushirilgan maxsus futbolkada harakatlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring