Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahromjon G‘oziyev Dubayda ham g‘alaba qozondi

Bahromjon G‘oziyev Dubayda ham g‘alaba qozondi

Ot sporti vakillari ikkinchi yildirki yangi mavsumni o‘ziga xos g‘alaba bilan boshlashmoqda.

O‘tgan yilning boshida Germaniyaning Rizenbek shahrida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro musobaqada jamoamiz oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. CSI2* tasnifiga kiruvchi musobaqada mahoratli konkurchimiz Bahromjon G‘oziyev to‘siqlar osha 130 sm balandlikka sakrashda 1-o‘rinni egallab, musobaqani muvaffaqiyatli yakunlagandi.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi hisoblangan Bahromjon G‘oziyev BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan CSI2* musobaqasida ham to‘siq balandligi 125 sm lik marshrutni 60,61 soniyada bosib o‘tdi. Jarima ochkolarisiz marraga yetib borgan hamyurtimiz qirq nafar sportchi orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Unga oltin medalni qo‘lga kiritishga LADY laqabli oti yordam berdi.

Sportchimiz kuchli, munosib raqiblarga qarshi haqqoniy kurashda ajoyib natija ko‘rsatib, haqli ravishda shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, CSI2* musobaqasi Concours de Saut International reyting tizimi turniri bo‘lib, u yulduzlar bilan ajratilgan bo‘ladi. CSI2* bahslarida 6 yoshga to‘lgan otlar maksimal balandligi 1.45 m bo‘lgan to‘siqlardan o‘tishi talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring