Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov finalda raqibini nokaut qildi

Bahodir Jalolov finalda raqibini nokaut qildi

Rossiyaning Grozniy shahrida o‘tgan boks bo‘yicha Axmat-Hoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir finalida Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Ayboldi Daurenulini birinchi raundda nokautga uchratib, oltin medalga ega chiqqan.

Kelasi oy bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan avval o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib bergan musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi uchun 2 ta oltin va 6 ta bronza medal bilan yakunlangan.

Shuningdek, yana bir final jangida ringga ko‘tarilgan Shunqor Abdurasulov (-60 kg.) rossiyalik raqibi Magomed Shamsayev ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Grozniy turnirida sovrindor bo‘lganlar:

Oltin medal

  • -60 kg.: Shunqor Abdurasulov
  • +91 kg.: Bahodir Jalolov

Bronza medal

  • -52 kg.: Foziljon Abdumurodov
  • -64 kg.: Elnur Abduraimov
  • -75 kg.: Bahrom Fozilov
  • -81 kg.: Kozimbek Mardonov
  • -91 kg.: Madiyar Saidrahimov
  • +91 kg.: Obidjon Tohirov
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring