Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BAA jamoasining murabbiyi birorta o‘yin o‘tkazmay iste’foga chiqarildi va 540 ming yevro ishlab oldi

BAA jamoasining murabbiyi birorta o‘yin o‘tkazmay iste’foga chiqarildi va 540 ming yevro ishlab oldi

BAA futbol assotsiatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Yovanovichni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqda «Futbolium» kanalida xabar qilingan.

Vaziyatning qiziq tomoni shundaki, murabbiy terma jamoa boshqaruvidagi uch yarim oylik faoliyati davomida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Aslida mart oyida jahon chempionati saralashi doirasida ikkita bahs bo‘lishi lozim edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli uchrashuvlar muddati ortga surildi. BAA futbol assotsiatsiyasi esa murabbiyni ishdan bo‘shatishga qaror qildi.

Ammo Yovanovich o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsa ham shartnoma bo‘yicha 540 ming yevro ishlab olishga muvaffaq bo‘lgan. Endi BAA futbol assotsiatsiyasi to‘rt oy ichida yangi murabbiy topishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring