Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Akalarga rahmat». Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi

«Akalarga rahmat». Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi

Foto: Instagram.com/khabib_nurmagomedov

MMA yulduzi Habib Nurmagomedov ikkinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda sportchi Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar qoldirgan.

Nurmagomedov Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov bilan birga tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagan va ularga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirgan.

«Bunday mehmondo‘stlik uchun katta rahmat. Toshkentda ancha salqin ekan, ammo iftorlikka samarqandcha qaynoq osh yeb, isinib olamiz», — deya yozadi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 2017 yilning may oyida ham O‘zbekistonga kelgan edi. O‘shanda rossiyalik sportchi Toshkentda matbuot anjumani o‘tkazgan va jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga tashrif buyurgan edi.

Nurmagomedov bilan birgalikda mashhur to‘rtlik: Abubakar Nurmagomedov, Islom Mamedov, Zubayra Tuxugov va Islom Maxachevlar ham kelgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring