Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘on chegarasidan Rimgacha: Shomurodov haqida film suratga olinyapti

Afg‘on chegarasidan Rimgacha: Shomurodov haqida film suratga olinyapti

O‘zbekiston terma jamoasi va «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida hujjatli film suratga olinyapti. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov xabar berdi.

Shomurodovning Afg‘oniston chegarasidagi Jarqo‘rg‘on shaharchasidan qadimgi Rimgacha bosib o‘tilgan yo‘li haqidagi film boshqa yosh futbolchilarga namuna bo‘lishi aytilgan.

«Biz hozir ayni shu mavzuda hujjatli film suratga olyapmiz, bu orqali yosh futbolchilarni ruhlantirishimiz kerak. Ular odatda o‘zlariga ishonishmaydi, ammo Eldor buni hammaga isbotlay oldi», deya Ermatovdan iqtibos keltirgan Rossiyaning «Sport-ekspress» nashri.

Film haqida boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring