Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

39 yoshli Petr Chex futbolga qaytdi

39 yoshli Petr Chex futbolga qaytdi

Foto: «Championat.com»

Bir paytlar Londonning «Chelsi» klubida porlagan, 2019-yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan Petr Chex yana o‘yinchi sifatida maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun: Petr Chex 2004—2015-yillarda «Chelsi» darvozasini qo‘riqlagan, keyin ham Londonda qoldi — faqat «Arsenal» safida, 2019-yil mayida futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, qadrdon jamoasi «Chelsi»ga ma’muriy ishlar bo‘yicha xodim sifatida qaytdi. «Chelsi» uni 2020-yilda APLdagi o‘ynovchi futbolchilari ro‘yxatiga qo‘shgani, ochig‘i, ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

Nihoyat, Chex maydonga ham tushdi. To‘g‘ri, hozircha «Chelsi»ning zaxira jamoasida «Tottenhem»ga qarshi. Oson bo‘lmagan o‘yinda «Chelsi» 0:2 hisobini o‘z foydasiga 3:2 qilib o‘zgartira oldi. Ikkita gol qo‘yib yuborsa-da, Chex uchun boshlanishi yomonmas. Har holda g‘alaba.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring