Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

XDP prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi

XDP prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi

9-sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Xalq demokratik partiyasi tegishli hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi.

Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganganligi haqidagi guvohnomalarni olgach, saylovchilarning imzosini to‘plashga kirishgan.

Siyosiy partiya O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rstilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlab, jami saylovchilarning umumiy sonidan kamida bir foizining imzosini (taxminan 212 mingdan ko‘p imzo) to‘plashi kerak.

Saylov kodeksining 38-moddasiga muvofiq, saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishga haqli.

XDP ma’sullariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasiga o‘z nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi 300 mingdan ortiq imzo varaqalarini taqdim etdi.

Saylov kodeksining 39-moddasiga binoan, Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilgani Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 5 kunlik muddatda tekshiriladi. Bunda saylovchilar imzolari zarur sonining kamida 15 foizi va imzo varaqalariga imzolarini qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar tekshirilishi kerak bo‘ladi.

Ekspert guruhi imzo varaqalarini tekshirishga kirishgan. Kecha «Milliy Tiklanish» va «Adolat» partiyalari o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring