Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga yetib bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga yetib bordi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan bugun, 17-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil — Nagoya shahriga yetib kelgan.

Tyubu xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

Yaponiya — O‘zbekistonning strategik sherigi. Bundan 28 yil muqaddam — 1991-yil dekabr oyida Kunchiqar mamlakat O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan edi. 1992-yil yanvar oyida mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shundan buyon do‘stlik va o‘zaro hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda.

Tashrifning asosiy tadbirlari 18-dekabr kuni boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Nagoya va Tokio shaharlarida qator ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.

Nagoyada Aichi prefekturasi va shahar meriyasi rahbarlari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Nagoya universitetiga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.

Shu kuniyoq Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, parlamentdagi «O‘zbekiston-Yaponiya» do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring