Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan muloqot o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan muloqot o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston rahbari suhbat avvalida Vladimir Putin va Rossiya xalqiga Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

«Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi nomidan vafot etganlarning oila a’zolariga bardamlik, jarohatlanganlarga tez fursatda shifo topishlarini tiladi. Begunoh insonlarga qarshi qaratilgan ushbu jinoyat yana bir bor qat’iy qoralandi.

Rossiya yetakchisi, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentiga ushbu og‘ir damda bildirilgan dalda so‘zlari va zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi. Mamlakatlarimiz xavfsizligi va barqaror taraqqiyotiga tahdid bo‘lgan ushbu yovuz kuchga kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi», deyiladi hamdardlik matnida.

Eslatib o‘tamiz, terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 115 nafarga yetdi. Qurbonlar soni yana oshishi mumkin.

Avvalroq Kreml matbuot xizmati 11 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring