Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Bokuda kutib olindi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda kutib olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-mart kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.

Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda yetakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladilar.

Ertaga, 2-mart kuni Bokuda eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri — Qo‘shilmaslik harakatining sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirning yalpi sessiyada O‘zbekiston prezidenti nutq so‘zlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring