Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Rejep Toyyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Rejep Toyyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

15-oktyabr kuni ertalab Boku shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Toyyip Erdo‘g‘onning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlat rahbarlari bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turkiya Prezidenti O‘zbekiston rahbarini mamlakatimizning Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashiga qo‘shilgani bilan samimiy tabriklab, bu qaror ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralarda konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Tursiya Prezidentlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring