Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat raisi: «OAVda Ombudsman roli mutlaqo sezilmaydi»

Senat raisi: «OAVda Ombudsman roli mutlaqo sezilmaydi»

Bugun bo‘lib o‘tayotgan Senat yalpi majlisida Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisoboti muhokama qilinishi jarayonida parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Norboyeva yaxshigina tanqdiy fikrlar bildirdi.

«OAVda Ombudsman roli mutlaqo sezilmaydi, — dedi Tanzila Kamolovna, — 2019 yilda OAVda atigi 74 ta chiqish qilingan, xolos. Xalq sizlarni bilmaydi, tanimaydi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muammolar muhokama qilinmoqda. Lekin Ombudsman birorta ham masalaga munosabat bildirmaydi. Shu bois, OAV bilan hamkorlikni tubdan o‘zgartirish kerak.

Bizning qo‘mitalar, senatorlar ham chetda kuzatuvchi bo‘lib turmasdan, Ombudsman faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashishi zarur.

Zero, Ombudsman Parlamentning inson huquqlari bo‘yicha Vakili hisoblanadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring