Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylovdagi ovozlar soni e’lon qilindi

Saylovdagi ovozlar soni e’lon qilindi

Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovida nomzodlar qanchadan ovoz olgani haqidagi raqamlar statistikasini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha saylovchilarning umumiy soni – 20 million 158 ming 907 nafar.

Okrug saylov komissiyalariga yuborilgan saylov byulletenlarining umumiy soni – 20 million 259 ming 701 ta.

Saylov byulletenlarini olgan saylovchilar soni – 16 million 212 ming 343 nafar.

Foydalanilmagan va buzib qo‘yilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni – 4 million 47 ming 358 ta.

Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy soni – 16 million 212 ming 343 nafar bo‘lib, shundan muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etganlar 421 ming 176 nafarni tashkil etdi.

Kimga qancha ovoz berildi?

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Abduhalimov Bahrom Abdurahimovichga – 549 ming 766 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 3,39 foizi;

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Mirziyoyev Shavkat Miromonovichga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi;

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Oblomuradov Narzullo Naimovichga – 670 ming 641 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 4,14 foizi;

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Qodirov Alisher Keldiyevichga – 888 ming 515 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 5,48 foizi;

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Vorisova Maqsuda Azizovnaga – 1 million 75 ming 16 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 6,63 foizi yoqlab ovoz bergan.

Haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarining soni – 39 ming 443 tani yoki 0,24 foizni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring