Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qutlug‘ oyda Allohning marhamati yog‘iladi — Prezident

Qutlug‘ oyda Allohning marhamati yog‘iladi — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Olmazor tumanida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari tashrif davomida 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatga bordi.

Ayni vaqtda davlat rahbari boshchiligida «Saxovat», «Muruvvat» va «Mehribonlik» uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Olmazor tumaniga yigirma birinchi marta kelayotgan ekanman. Ro‘zai Ramazon oyida chin ko‘ngildan qilinadigan barcha duolarimiz ijobat bo‘ladi. Sizlarni, xalqimizni shunday ulug‘ ayyom kunlari bilan tabriklayman. Qutlug‘ oyda Allohning marhamati yog‘iladi degani bejizmas. Juma kuni Olmazor tumaniga kelib selektor o‘tkazyapmiz. Qur’oni Karimda ham shunday aytiladi: «Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilik» bo‘ladi. Bugungi muloqotimizda odamlarga yaxshilik qilish uchun har masalani ochiq aytinglar, — dedi davlat rahbari yig‘ilish davomida.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’kidlanishicha, 1966 yilda qurilgan, 2015-2016 yillarda kapital ta’mirlangan 102-sonli maxsus maktabda endi:

- texnologiya xonalari ta’mirlanadi;

- maktab hududida ishlab chiqarish ustaxonalari tashkil etilib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari kasb-hunarga o‘rgatilib, diplom berishni yo‘lga qo‘yiladi;

- maktab hududida uzoq yillardan buyon foydalanilmay turgan basseynni ta’mirlanadi;

- bolalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni sog‘lomlashtirish uchun zamonaviy jihozlar o‘rnatiladi (varkaut, trenajyorlar va hk.).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring