Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalariga imtiyozli kreditlar beriladi

Prezident qarori: fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalariga imtiyozli kreditlar beriladi

Foto: «I Like News»

Kecha, 26-aprel kuni «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Qaror matni O‘zAda keltirilgan.

Prezident qaroriga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzurida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘arma mablag‘lari fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun «Mikrokreditbank» ATB, «Agrobank» ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish kabi maqsadlarda sarflanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring