Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston uchun ham yaxshi yangilik». Shengen hududiga yana ikki davlat qo‘shilmoqda

«O‘zbekiston uchun ham yaxshi yangilik». Shengen hududiga yana ikki davlat qo‘shilmoqda

Diplomatlar – D.Chobanu, Sh.Adrian va S.Rusinova.

Foto: YI delegatsiyasi

2024-yil 31-martdan boshlab Bolgariya va Ruminiya Yevropa bo‘ylab erkin harakatlanish hududi – Shengen zonasiga qo‘shiladi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi shu munosabat bilan tadbir o‘tkazdi.

«Bolgariya va Ruminiyaning Shengen zonasiga kirishi Yevropa integratsiyasi loyihasidagi muhim muvaffaqiyat hisoblanadi. Har ikki davlatni bu yutuq bilan tabriklayman. Bu O‘zbekiston uchun ham yaxshi yangilik, chunki sayohatlar va o‘zaro almashinuvlar uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Shengen Yevropa Ittifoqining qimmatbaho gavhari bo‘lib qolmoqda. U Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin», – deydi YeIning yurtimizdagi elchisi Sharlotta Adrian xonim.

Ruminiya elchisi Daniel Chobanu va Bolgariya elchixonasining muvaqqat ishlar vakili Stoyana Rusinova ham integratsiya hududiga qo‘shilish ortidan savdo va sayohat uchun yangi istiqbollar ochilishini ta’kidladi.

Yevropa bo‘ylab erkin harakatlanish hududi – Shengen zonasi integratsiya borasidagi ulkan yutuqlardan biri hisoblanadi. Unga 1985-yilda YeIning besh davlati (Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) tomonidan asos solingan. U asta-sekin kengayib, jahonda erkin harakatlanishning eng yirik hududiga aylandi.

Bu Shengen zonasi kengayishining to‘qqizinchi bosqichidir. Avval xabar berganimizdek, Ruminiya hukumati 13 yillik kutishdan so‘ng bu borada kelishuvga erishilganini katta qadam deb baholagan edi.

2023-yildan Xorvatiya ham Shengen oilasiga qabul qilingandi.

450 million nufusli Shengen hududi 4,5 million kvadrat kilometrga yoyilgan. Unga 29 davlat (25 ta YeIga a’zo davlatlar, bundan tashqari, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveysariya) kiradi. Shengen qonunchiligi odamlarga chegara nazoratidan o‘tmay ishtirokchi davlatlar bo‘ylab emin-erkin sayohat qilish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring