Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi vakili «Prelipin voqeasi» fonida bayonot berdi

Mudofaa vazirligi vakili «Prelipin voqeasi» fonida bayonot berdi

O‘zbekiston mudofaa vazirligi rossiyalik Zaxar Prelipinning provokatsion bayonoti fonida eslatma bilan chiqdi. 

Vazirlik matbuot kotibi Otabek Yuldashev o‘z Telegram-kanalida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 153-moddasidan iqtibos keltirgan: 

«O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya elchisi Oleg Malginov Prelipinning bayonoti sabab TIVga chaqirtirilgandi. Malginovning aytishicha, Prelipinning bayonoti Rossiya rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi.

Rossiyalik siyosatchining O‘zbekistonni egallash haqida fikri keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring