Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayevni TVda ko‘rsatmaslik topshirig‘i haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Jahongir Ortiqxo‘jayevni TVda ko‘rsatmaslik topshirig‘i haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Milliy teleradiokompaniya rahbariyati Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevni televideniye orqali ko‘rsatilmaslik to‘g‘risida topshiriq olganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Hokimlik matbuot xizmatining qayd etishicha, Toshkent shahar hokimi ishtirokidagi lavha yoki maqolalarni ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatishga hech qanday taqiq mavjud emas.

«Shu sabab, Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan yolg‘on ma’lumotlarga e’tibor bermasliklarini so‘raydi. Boz ustiga, ushbu ma’lumot «feyk» (haqiqiy egasi kimligi noma’lum) akkauntdan tarqatilmoqda. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan muhim vazifalarni hayotga tadbiq etgan holda, poytaxtni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida o‘z ishini bir maromda davom ettirmoqda», deyiladi hokimlik bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring