Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ishmetov va Toshqulovning lavozimlari o‘zgardi

Ishmetov va Toshqulovning lavozimlari o‘zgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’muriy islohotlar doirasida yangi tayinlangan va amaldagi Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning ustuvor vazifalarini belgilash, Hukumatning ishlash tizimi va uslubini o‘zgartirish, mas’uliyati va javobgarligini tubdan oshirish masalalari, shuningdek, tarmoq va sohalarda islohotlarni amalga oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xalqni rozi qilish va odamlar turmush sifatini yuksaltirish bo‘yicha 2023-yilgi eng muhim yo‘nalishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

- Timur Aminjanovich Ishmetov Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimidan ozod etildi;

- Abduqodir Hamidovich Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring