Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev deputatlikka nomzodini qo‘ydi

Jahongir Ortiqxo‘jayev deputatlikka nomzodini qo‘ydi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev xalq deputatlari Toshkent shahar deputatlari kengashi deputatligiga o‘z nomzodini qo‘ydi. Bu haqda xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zayniddinov «Feysbuk»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Ortiqxo‘jayev nomzodi 23-«Moyqo‘rg‘on» saylov okrugidan O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan. Saylov shu yilning 1-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. 

Ortiqxo‘jayev bilan birga Shavkatbek Irgashev, Shahnoza Yunusova, Gulnora Ibragimova hamda Nilufar Bahodirova ham deputatlik uchun kurashadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring