Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning Toshkentdagi elchixonasi hozirgi Rossiya va 1945 yildan oldingi Germaniyani solishtirdi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi hozirgi Rossiya va 1945 yildan oldingi Germaniyani solishtirdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bergan bayonotida hozirgi Rossiya va 1945 yilgacha bo‘lgan davrdagi Germaniyani solishtirgan.

«Bugun biz Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va boshqa ittifoqchi davlatlar bilan birgalikda Sovet qo‘shinlarining 34 million a’zosi safida xizmat qilgan 530 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qo‘shgan hissa va qurbonlarni xotirlaymiz hamda sharaflaymiz. Biz ularga, ularning oilalari va avlodlariga chuqur hurmat bajo keltiramiz.

9 may tinchlik va ozodlik g‘alabasi sifatida nishonlanayotgan bir pallada, afsuski, bugungi kunda ham 1945 yildan avval bo‘lgani kabi dahshatli xatti-harakat turini ko‘rmoqdamiz: ya’ni hozir bir davlat o‘z qo‘shnisini bo‘ysundirib, uning hududini kuch bilan bosib olishga urinmoqda. Dunyomiz bunday qorong‘u va xatarli o‘tmishga qaytishiga sira yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shu bois biz bunday bosqinchilik harakatlarini qoralaymiz hamda o‘z mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga intilayotgan barcha xalqlarning jasoratini e’tirof etamiz.

Bugun zulmga qarshi kurashda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi mushtarak tarixni yodga olamiz. G‘ururli mustaqil O‘zbekiston xalqiga esa kuch-quvvat, sog‘lik, tinchlik va farovonlik tilaymiz», deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyat hamon xavfliligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring