Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda bosh rolni afg‘onlar o‘ynashi lozim. O‘zbekiston TIV bayonoti

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda bosh rolni afg‘onlar o‘ynashi lozim. O‘zbekiston TIV bayonoti

Foto: Refugeesmigrants.un.org

O‘zbekiston Dohadagi (Qatar) afg‘onlararo konferensiya qarorlarini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to‘g‘risidagi qo‘shma rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonoti e’lon qilindi.

Tomonlarning afg‘onlararo keng qamrovli muzokaralar orqali barqaror tinchlikka erishishga sodiqligi Afg‘oniston muammosini hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘lidir.

O‘zbekiston doim tinchlik jarayoni mamlakatning barcha siyosiy kuchlari va etnik guruhlarini qamrab olishi kerak degan qat’iy fikrda bo‘lgan. Bunda bosh rolni afg‘onlarning o‘zlari o‘ynashi kerak.

Mamlakatda uzoq kutilgan tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha siyosiy jarayon afg‘onlarning o‘zlari tomonidan hamda Afg‘oniston xalqi rahbarligida amalga oshirilishi lozim.

Shundan kelib chiqib O‘zbekiston Afg‘onistonda haqiqiy tinchlikka erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni bundan keyin ham davom ettirishga tayyor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring