Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni raisi bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni raisi bilan uchrashdi

Bugun, 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Muloqot davomida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, shu bilan birga, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi, deyiladi xabarda.

So‘nggi yillarda hududlararo hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizga Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Shensi, Shandun, Szyansu, Szyansi, Anxoy va boshqa provinsiyalar rahbarlari tashrif buyurdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring