Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Komilov Issiqko‘l uchrashuvida qatnashdi

Abdulaziz Komilov Issiqko‘l uchrashuvida qatnashdi

Foto: «Mfa.uz»

Bugun, 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Cho‘lpon ota shahrida (Qirg‘iziston) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tadbir chog‘ida mintaqa kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha sermazmun va batafsil fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Hujjatda 2019-yilning mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahatlashuv uchrashuvining muhimligi alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari xavfsizlikni ta’minlash, mintaqa davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, Markaziy Osiyoning tranzit-transport salohiyatlarini kengaytirish sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etilgan.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov tadbir qatnashchilarini joriy yilning oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy iqtisodiy forumi ishida ishtirok etishga taklif etdi.

Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining mazkur uchrashuvi mintaqadagi barcha mamlakatlarning do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, hamjihatlik va ishonch an’analariga asoslangan mintaqaviy hamkorligini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarining mantiqiy va tabiiy davomi bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring