Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eldor Shomurodov OFK so‘rovnomasida 3-o‘rinda bormoqda

Eldor Shomurodov OFK so‘rovnomasida 3-o‘rinda bormoqda

Foto: «the-afc.com»

Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida Osiyo Kubogining guruh bosqichidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov ham o‘rin olgan.

Shuningdek:

Salim al-Davsari (Saudiya Arabistoni)
Almuoz Ali (Qatar)
Ashkan Dejaga (Eron)
Yasin Baxit (Iordaniya)
Nguyen Kuang Xai (Vetnam)
Kim Min-Jaye (Janubiy Koreya)
Mohanad Ali (Iroq)
Aver Mabil (Avstraliya)
Yuto Nagatomo (Yaponiya) kabi futbolchilar kuchli o‘nlikka kiritilgan.

OFK rasmiy saytida ushbu futbolchilarga ovoz berish so‘rovnomasi tashkil etilgan. Ushbu havola orqali kirib, siz ham Eldor Shomurodovga ovoz berishingiz mumkin. Hozircha Eldor so‘rovnomada Ashkan Dejaga va Nguyen Kuang Xaidan keyin 3-o‘rinda bormoqda. Biroz avval u 2-o‘rinda edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring