Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper Turkmanistonga qarshi tarkibni e’lon qildi

Ektor Kuper Turkmanistonga qarshi tarkibni e’lon qildi

Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasidagi 2-tur uchrashuvida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Bosh murabbiy Ektor Kuper ushbu o‘yin uchun jamoa tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov, Islom To‘xtaxo‘jayev va Dostonbek Hamdamov boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olgan.

Qizil kartochka olganligi sabab ushbu uchrashuvda Yegor Krimets qatnasha olmaydi. Uning o‘rniga maydonga Islom To‘xtaxo‘jayev tushadi.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Oleg Zoteyev, Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Javohir Sidiqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring