Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurak kasalliklari xavfini kamaytiruvchi mahsulot aniqlandi

Yurak kasalliklari xavfini kamaytiruvchi mahsulot aniqlandi

Foto: «Ru.publika.md»

Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi olimlari yurak xuruji xavfini kamaytiradigan mahsulotni aniqlashdi. Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, zaytun yog‘i yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqotga 1990-yildan 2014-yilgacha bo‘lgan davrda 63867 nafar ayol va 35512 nafar erkak jalb qilingan. Har to‘rt yilda ular o‘zlarining diyetasi va turmush tarzi bilan bog‘liq savollardan iborat anketani to‘ldirishdi.

Tadqiqotchilar har kuni yarim osh qoshiqdan zaytun yog‘i iste’mol qilganlarda yurak xastaligi xavfi 15 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi esa 21 foizga kamayganini aniqladilar. Shu bilan birga, zaytun yog‘ini ko‘p iste’mol qilish insult xavfiga ta’sir qilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring