Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor xotirani yaxshilash usulini aytdi

Shifokor xotirani yaxshilash usulini aytdi

Shifokor Sergey Agapkin notanish tillarni o‘rganish xotirani yaxshilashga yordam berishini aytdi.

Xotiraning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun Agapkin yangi so‘zlarni yodlashni maslahat berdi. «Ajoyib variant — bu til o‘rganish», dedi u. Misol uchun, agar biror kishi fransuz tilini bilsa, unda xitoy tilini o‘rganishga kirishish u uchun samarali bo‘ladi, deb hisoblaydi mutaxassis.

Agapkin yangi tilni o‘rganish uchun kuniga yarim soat yoki bir soat sarflashni tavsiya qiladi. Shuningdek, u yaxshi natijalarga erishish uchun buni yurish yoki boshqa jismoniy faoliyat bilan birlashtirish mumkinligini ta’kidlaydi. «Xotira tom ma’noda ikki hafta ichida yaxshilana boshlaydi», deydi mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring