Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar bodomning ozdirish xususiyatini aniqladilar

Olimlar bodomning ozdirish xususiyatini aniqladilar

Avstraliyalik olimlar vazn yo‘qotishga yordam beruvchi hamda organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradigan mahsulotni topishdi.

Tadqiqot mashhur bodom haqida. Bu yong‘oq xolesterinni ham kamaytiradi.

Janubiy Avstraliya universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazdilar: 140 nafar ko‘ngilli ikki guruhga bo‘lingan – bir guruh o‘z diyetasiga bodomni kiritgan, ikkinchisi esa kiritmagan.

Tajriba uch oy davom etdi va shuni ko‘rsatdiki, bodomni iste’mol qilish odamni uzoq vaqt davomida to‘q tutadi, bu esa vazn yo‘qotishiga yordam beradi. Bodom  yurak xastaliklari xavfini kamaytirishga ham yordam beradi.

Bundan tashqari, bodomda to‘yinmagan yog‘lar mavjud bo‘lib, ular qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi.

Bodomning oqsil  va antioksidantlarga boyligi tufayli inson tanasi uchun juda foydali mahsulotdir.

Avstraliyalik olimlar tadqiqot natijalarini Obesity ilmiy jurnalida chop etishdi, deb xabar bermoqda tsargrad.tv nashri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring