Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Elektr choynak va Wi-Fi»: Xavotir o‘rinlimi?

«Elektr choynak va Wi-Fi»: Xavotir o‘rinlimi?

Foto: «Ferra»

Wi-Fi-routerlar inson salomatligi uchun xavfli deb hisoblovchilar istagancha topiladi. Chindan ham zararlimi, u holda routerni qayerga o‘rnatgan ma’qul? «Sinergiya» universitetining axborot texnologiyalari instituti direktori Stanislav Kosarev bu masalaga oydinlik kiritdi.

«Haqiqatan ham, boshqa elektr jihozlar kabi, Wi-Fi-router ham o‘zidan elektromagnit nurlarni taratadi. Biroq buning salbiyligini isbotlovchi bironta dalil yo‘q. Nurlanish oddiy elektr choynakdan ham chiqadi, biroq biz undan xavfsiramaymiz-ku», — ta’kidladi mutaxassis.

Bevosita Wi-Fi-to‘lqinlarning zararini o‘rganish uchun olimlar juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazishgan. Biroq hali ularning birontasi zararni topganini rasman ma’lum qilgan emas. Biroq shunda ham, router kasal qilishidan qo‘rquvchilar bo‘lsa, uni yotoqxonadan uzoqroqqa joylashtirishni maslahat beramiz. Kechasi esa tokdan uzib qo‘yib, routerdan «qutulishingiz» mumkin, deydi Kosarev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring