Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu usul qishda koronavirus yuqish xavfini 70%ga kamaytiradi

Bu usul qishda koronavirus yuqish xavfini 70%ga kamaytiradi

Foto: «Fotokto.ru»

Britaniya hukumati koronavirusning oldini olish uchun xonalarni muntazam shamollatib turishni taklif qilmoqda.

Olimlar qishda yomon ventilyasiya tufayli koronavirusni yuqtirish xavfi uch baravar oshishidan ogohlantirmoqda. Bu, ayniqsa, idoralar va o‘quv muassasalariga taalluqli.

Hukumat ekspertlar bilan maslahatlashgach, xonalarni muntazam shamollatib turish zarur degan xulosaga kelishdi. Ular yo derazalarni ochiq qoldirishni, yo vaqti-vaqti bilan, masalan, har 10-15 daqiqada xonalarni shamollatib turishni tavsiya etishadi.

Ushbu chora infeksiyani yuqtirish xavfini 70%ga kamaytiradi, deb hisoblaydi Britaniya hukumati.

«Hammamiz ko‘p vaqtimizni xonalarda o‘tkazamiz, shu bois shamollatish zarur», — dedi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Jo Cherchill.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring