Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydan O‘zbekistonga birinchi avtomobil ortilgan yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

Xitoydan O‘zbekistonga birinchi avtomobil ortilgan yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

Joriy yilning 30 avgust kuni Xitoydan yangi qurilgan temir yo‘l orqali O‘zbekistonga 261 ta avtomobil ortilgan poyezd yo‘lga chiqdi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil ortilgan poyezd Xitoyning Lyuchjou avtomobil logistika bazasidan Toshkentga keladi. Bu Xitoy-Markaziy Osiyo temir yo‘lida yuk tashish uchun yangi temir yo‘l yo‘nalishining ochilishiga bag‘ishlandi.

Lyuchjou avtomobil qismlarini ishlab chiqarish va butlovchi qismlarni eksport qilishda Xitoyning asosiy zavodi hisoblanadi. Ushbu zavod yiliga 2,5 milliondan ortiq avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Qayd etilishicha, Nanning shahridagi Xitoy temir yo‘llari boshqarmasi yuk tashishni tashkil qilishni optimallashtirib, Xitoy-Yevropa va Xitoy-Markaziy Osiyo yuk tashish doirasida 5 ta asosiy transchegaraviy kanallarni ochgan: Nanning-Moskva, Nanning-Olmaota, Lyuchjou-Moskva, Lyuchjou-Olmaota va Nanning-Toshkent.

Ushbu temir yo‘llar orqali Guansi-Chjuan avtonom viloyati avtomobillar, og‘ir texnika, oziq-ovqat va boshqa tovarlar eksport qiladi. «Lyuchjou-Toshkent» poyezdining muvaffaqiyatli ishga tushirilishi Guansidan Yevropa va Markaziy Osiyoga yo‘nalishlar soni oltitaga yetganini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring