Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xatirchida 4,2 balli zilzila qayd etildi

Xatirchida 4,2 balli zilzila qayd etildi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar bermoqda.

10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan zilzilaning magnitudasi 4,2 ballni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, Navbahor tumanida zilzilaning sezilish kuchi 3-4 ballga yetgan bo‘lsa, Navoiy shahri 2 ball, Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Nurota, Paxtachi, Karmana va Qo‘shrabot tumanlarida 2 ballni tashkil etgan.

Avvalroq Surxondaryoda ketma-ket 5 marta zilzila qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring