Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uch yigit ichida 80 ming so‘m bo‘lgan ehson qutisini o‘marib ketdi

Uch yigit ichida 80 ming so‘m bo‘lgan ehson qutisini o‘marib ketdi

Joriy yilning 20-noyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani, Sarmazor mahallasida joylashgan jome masjidi oldiga o‘rnatilgan ehson qutisi «Damas»da kelgan noma’lum shaxslar tomonidan olib ketilgani aks etgan videotasvirlar tarqalgan edi.

Viloyat IIB o‘tkazgan tezkor tadbirda o‘g‘rilik sodir etganlarning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Aniqlanishicha, E.N. o‘ziga tegishli «Damas» rusumli avtomashinasida joriy yilning 20 noyabr kuni tungi soat 02:12larda sheriklari B.V. hamda S.A. birga «Sarmazor» jome masjidining tashqarisiga qo‘yilgan bir dona ehson qutisini ichida bo‘lgan 80 ming so‘m puli bilan olib ketgan.

Hozirda ehson qutisi daliliy ashyo tariqasida olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring