Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi. Yana biri qidiruvga berilgan

Toshkentda jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi. Yana biri qidiruvga berilgan

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida bir necha nafar shaxs jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

Ular:

  • 1976-yilda tug‘ilgan Yuldashev Xayrulla Xabibullayevich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «juda ko‘p miqdorda tovlamachilik»)
  • 1987-yilda tug‘ilgan Mirzaxmedov Ulug‘bek Temurovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «juda ko‘p miqdorda tovlamachilik») gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1981-yilda tug‘ilgan Badalbayev Rovshan Raximovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «juda ko‘p miqdorda tovlamachilik») qidiruvga berilgan.

Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan fuqarolar bo‘lsa, shuningdek, qidiruvdagi shaxsning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa, 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishni so‘ramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring