Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati aholisi uchun suv narxi oshyapti

Toshkent viloyati aholisi uchun suv narxi oshyapti

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi mahalliy aholiga ichimlik suvi va oqova suvini yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalarning 2024-yil 20-fevraldan boshlab amal qiladigan yangi tariflarini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, viloyat aholisiga «To‘qberdi» xususiy korxonasi, «Toshkent suv ta’minoti» MChJ, «Chimgan-chorvog‘» MChJ hamda «Musaffo obi hayot» MChJlar ichimlik suvi va oqova suvi yetkazib berish izmatlarini ko‘rsatadi.

Kengash qaroriga ko‘ra, «Toshkent suv ta’minoti» MChJ, «Chimgan-chorvog‘» MChJ, «Musaffo obi hayot» MChJ va «To‘qberdi» xususiy korxonasi mos ravshda quyidagi yangi narxlarda xizmat ko‘rsatishni boshlaydi:

  • aholiga ichimlik suvi 1 m3 - 2000 so‘m (1100 so‘m, 1500 so‘m va 500 so‘m);
  • budjet tashkilotlariga ichimlik suvi 1 m3 - 9000 so‘m (1300 so‘m, 1700 so‘m, 2000 so‘m, QQSsiz);
  • boshqa tashkilotlarga ichimlik suvi 1 m3 - 9000 so‘m (4600 so‘m, 5800, 2000 so‘m, QQSsiz);

Shuningdek:

  • aholiga oqova xizmati 1 m3 - 1000 so‘m (300 so‘m, 1000 so‘m, --);
  • budjet tashkilotlariga oqova xizmati 1 m3 - 2000 so‘m (400 so‘m, 1 150 so‘m, --, QQSsiz);
  • boshqa tashkilotlarga oqova xizmati 1 m3 - 2000 so‘m (3 100 so‘m, 1 900 so‘m, --, QQSsiz) etib belgilandi. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring